“RABAD” yangi qurilish markazi qurilish va taʼmirlash sohasi B2B va B2C segmenti mutaxassislarini eng yaxshi savdo maydonlarini qoʻlga kiritishga taklif etadi.
“RABAD” — zamonaviy qurilish savdo markazi. Asosiy ixtisoslashuvi — “Komfort” hamda “Premium” sinfiga mansub qurilish materiallarining ulgurji va chakana savdosi.
Biz tanlov va xarid qilish jarayonini yanada...
ochish
Biz tanlov va xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida bir vaqtning oʻzida ham biznes, ham mijozlar uchun zamonaviy xizmatlarga toʻla savdo hududini yaratamiz.
Isteʼmolchilar va sotuvchilar uchun Yevropa standartlariga monand hudud va xizmat koʻrsatishni tashkil etish — loyihaning asosiy maqsadi.
Binolarni sotib olish yoki ijara asosida foydalanish mumkin. Biz binolarni shunday tarzda tayyorladikki, ularni jihozlash va ish boshlash uchun koʻp vaqt va resurs sarflashingizga hojat yoʻq.
Har bir bino tekis devor va shiftlar, keramogranitli pol, shishadan ishlangan eshik va markazlashtirilgan shamollatish, yongʻin oʻchirish va xavfsizlik tizimlariga ega.
yopish